Janubiy Koreya Olimpiada-2018 ochilish marosimi qanchaga tushganini ma'lum qildi

Sport 12:28 / 10.02.2018 20862

2018 yilgi Olimpiya o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimi ijrochi kreativ direktori Son Sin Xvan bayramona tadbir qanchaga tushgani haqida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, marosim byudjyeti taxminan 70 mlrd von (65 mln dollar)ni tashkil qilgan.

«100 mlrd von – tadbir byudjyeti shunday rejalashtirilgandi. Biroq Riodagi o‘yinlardan so‘ng shuni bildikki, u yerdagi marosim atrof-muhitni muhofaza qilishgan qaratilgan edi. Tashkiliy qo‘mita marosimni past xarajatli byudjyetda o‘tkazishga qaror qildi, shuning uchun 60 mlrd von oldik», - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Uning qo‘shimcha qilishicha, marosimdan ikki oy avval unga yana 10 mlrd von ajratildi, ular o‘rindiqlarda LED-monitorlarni o‘rnatishga ham sarflangan.

Ko‘proq yangiliklar: