O‘zbekiston Superligasi g‘olibiga beriladigan mukofot puli aniq bo‘ldi

Sport 15:01 / 10.02.2018 35720

O‘zbekistonda yangidan tashkil qilingan superliganing joriy mavsumdagi g‘olibi katta miqdordagi pul mukofotiga ega bo‘ladi. Bu haqda O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning o‘zi ma'lum qildi.

«2018 yilgi mavsumdan boshlab mamlakat chempioni 1 milliard so‘mga yaqin rag‘batlantiruvchi mukofot olishi rejalashtirilgan. Super Liganing nafaqat kuchli uchligi, balki olti o‘rin egalarida mukofot pullari bo‘ladi. Demak, o‘sha 6-o‘rin uchun ham kurash kechadi.

Biz Pro-Liganing dastlabki uch, ayollar chempionati va futzal ligasining dastlabki uch o‘rin egalarini ham mukofotlaymiz. Bu haqda tez orada to‘liq ma'lumot beriladi. Aytmoqchi bo‘lganim, formatni ham yangiladik, mukofotlarni yo‘lga qo‘ymoqdamiz, Super Liga uchun titul homiy topish ustida jiddiy ishlayapmiz. Bular yaqin-yaqingacha yo‘q edi», deya gapirib o‘tdi Umid Ahmadjonov KUN.UZ muxbiri bilan suhbatda.

Umid Ahmadjonov bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq ko‘rinishi tez orada e'lon qilinadi.

Ko‘proq yangiliklar: