Superliga va Pro-liga g‘oliblari uchun beriladigan mukofotlar miqdori tasdiqlandi

Sport 18:48 / 10.02.2018 20505

Joriy yilda yangi format, yangi ko‘rinishdagi Superliga va Pro-liga bahslarining yanada qiziqarli va murosasiz o‘tishini ta'minlash maqsadida, o‘zbek futboli tarixida birinchi marta Superliga va Pro-liga, shuningdek, ayollar futboli va mini-futbol bahslarida g‘oliblar uchun mukofot pullari joriy qilinmoqda.

Oldinroq, O‘FA 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonovning KUN.UZ‘ga ma'lum qilganidek Superligada g‘olib chiqqan jamoaga 1 milliard so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi. Bundan tashqari kuchli 6ta o‘rinni egallagan jamoalar ham mukofot pullariga ega bo‘lishadi.

Pro-liga g‘olibiga esa 300 million so‘m beriladi. 2 va 3-o‘rin sohiblari ham rag‘batlantiriladi.

Quyida Superliga, Pro-liga, ayollar futboli va mini-futbol musobaqalari g‘olib va sovrindorlariga beriladigan mukofot pullari miqdori bilan tanishishingiz mumkin:

Superliga mukofot pullari
1 o‘rin uchun 1 000 000 000,00 
2 o‘rin uchun 800 000 000,00 
3 o‘rin uchun 700 000 000,00 
4 o‘rin uchun 600 000 000,00 
5 o‘rin uchun 500 000 000,00 
6 o‘rin uchun 400 000 000,00

Pro-liga 
1 o‘rin uchun 300 000 000,00 
2 o‘rin uchun 200 000 000,00 
3 o‘rin uchun 100 000 000,00

Ayollar futboli 
1 o‘rin uchun 300 000 000,00 
2 o‘rin uchun 200 000 000,00 
3 o‘rin uchun 100 000 000,00

Mini futbol 
1 o‘rin uchun 300 000 000,00 
2 o‘rin uchun 200 000 000,00 
3 o‘rin uchun 100 000 000,00

Ko‘proq yangiliklar: