Shimoliy koreyalik muxlisalar Pyongchangdagi musobaqalarni “qizdirishmoqda” (video)

Sport 23:44 / 10.02.2018 22213

Shimoliy koreyalik muxlisalar Pyongchangdagi Olimpiadaning short-trek bo‘yicha musobaqalarida qizg‘in muxlislik qilishdi. Shimoldan maxsus kelgan ko‘p sonli muxlisalar deyarli to‘liq sektorni egallashgan. Ular bir xil qizil rangdagi kiyimda bo‘lishgan va o‘zlarining jo‘shqin, quvnoq harakatlari bilan musobaqada ko‘tarinki kayfiyat ulashishgan. Ko‘pchilik boshqa muxlislar shimoliy koreyaliklar joylashgan tribunalar fonida selfiga tushishgan. 

Shimoliy Koreyadan Pyongchangga 200 dan ko‘proq muxlisa tashrif buyurgan. OAVda ma'lum qilinishicha, barcha qizlar sinchkov tanlovdan o‘tkazilgan: ularning oilaviy kelib chiqishlari, bilimlari va siyosiy qarashlari tekshirilgan. 

 

 

Ko‘proq yangiliklar: