Pyongchangdagi Olimpiadada yuqumli ichak kasalligi tarqalmoqda 

Sport 09:48 / 10.02.2018 11838

Pyongchangdagi Olimpiadada yuqumli ichak kasalligi – norovirus bilan kasallanish kuzatilmoqda. Ayni vaqtda bu kasallik yuqqanlar umumiy soni 139 nafarga yetgan. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Olimpiada tashkiliy qo‘mitasining ma'lum qilishicha, 9 fevralda ushbu kasallik bilan zararlanishning 11 ta yangi holati qayd qilingan. Bu avvalgi kunlardagi zararlanishdan ancha kamroq bo‘lgan: 7 fevralda 54 ta, 8 fevralda 42 ta holat qayd qilingandi.

Ayni vaqtda ushbu kasallikdan sportchilar zararlangani haqida ma'lumot yo‘q. Kasallanganlar asosan oziq-ovqat sohasida xizmat ko‘rsatuvchi personal, politsiya xodimlari va Olimpiya obektlari qo‘riqchilari hisoblanadi. 

Avvalroq Olimpiadadagi tartibni qo‘riqlash bilan shug‘ullanuvchi tashkilotning 1200 dan ko‘proq xodimi ushbu kasallik bilan zararlanib, o‘yinlar boshlanishidan oldin o‘z ishlaridan chetlatilganlari ma'lum qilingan. Ular hozir karantinda qolmoqdalar. Ularning o‘rnini 900 askar egallagan.     

Ma'lum qilinishicha, bir necha muassasalar kasallikni bartaraf etishda hamkorlik qilmoqda.  

Norovirus yuqumli kasallik bo‘lib, u yana ichak infeksiyasi deb ataladi. Kuz-qish mavsumida faollashadi. Virus juda yuqumli bo‘lib, asosan yoshi kattalarga kuchli ta'sir qiladi. Uning asosiy alomatlari qayt qilish va diareya (ich ketish) hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: