Pyongchang-2018. Biatlonda dastlabki g‘olib aniq bo‘ldi

Sport 17:40 / 10.02.2018 12113

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida davom etayotgan Qishki olimpiada o‘yinlarining eng ommaviy sport turi sanalgan biatlon bo‘yicha dastlabki oltin medal sohibasi aniqlandi.

7,5 km masofaga o‘tkazilgan ayollar o‘rtasidagi sprint musobaqalarida germaniyalik 24 yoshli Laura Dalmayyer barcha sportchilardan ko‘ra yaxshiroq vaqt ko‘rsatib oltin medal sohibasiga aylandi. Dalmayyer ikkala o‘q otishda ham hech qanday xatoga yo‘l qo‘ymadi va 21:06 daqiqada masofani bosib o‘tdi.

Ikkinchi o‘rin norvegiyalik Marte Ulsbyu band etdi. Ulsbyu o‘q otishda bitta xatoga yo‘l qo‘ydi va raqibi Dalmayyerga 24,2 soniya yutqazdi. O‘q otishda bitta xatoga yo‘l qo‘ygan chexiyalik Veronika Vitkova +25,8 soniya natijasi bilan kuchli uchlikni yakunladi va olimpiadaning bronza medali bilan kifoyalandi.

12 fevral kuni endi ayollar sprint natijalari vaqtiga qarab quvlashmachoq poygalarda ishtirok etishadi. Laura Dalmayyer birinchi bo‘lib startga chiqadi.

Ko‘proq yangiliklar: