Meyvezer rozi, Makgregor bilan MMA qoidalari bo‘yicha jang o‘tkaziladi 

Sport 09:04 / 10.02.2018 35673

Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) rahbari Deyn Uaytning xabar berishicha, amerikalik bokschi Floyd Meyvezer UFC’ning irlandiyalik jangchisi Konor Makgregor bilan aralash yakkakurashlar (MMA) qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazishga rozi bo‘ldi.

«Floyd Konor bilan unda jang ekanini aytdi, hamda u ham boks, ham MMA qoidalari bo‘yicha bahslashmoqchi. Aftidan, buni qilishning yagona yo‘li – ularni oktagonda ro‘para qilish. Avvalroq biz Makgregorni ringga chiqardik, endi bunga javob qaytarish vaqti keldi», - deya Uaytning so‘zlarini keltiradi TASS Worldboxingnews.com portaliga asosan.

Bunga qadar Meyvezer va Makgregor takroriy jang o‘tkazish borasida bir-biriga bir necha marta taklif bilan chiqqandi. Sportchilar 2017 yilning 26 avgust kuni ringda to‘qnash kelgandilar. Bellashuv boks qoidalari bo‘yicha o‘tkazildi va Meyvezerning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Ko‘proq yangiliklar: