5:0. Kubaliklar Uzbek Tigers’ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

Sport 09:34 / 10.02.2018 47051

Kubada bo‘lib o‘tgan Butunjahon boks seriyasi musobaqasi guruh bosqichidan o‘rin olgan Cuba Domadores va Uzbek Tigers jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z yakuniga yetdi.

Unda 5:0 hisobida kubaliklarning qo‘li baland keldi.

52 kg vaznli bokschilar bahsida Xudoynazar Fayzov Yosbani Veitaga imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, 60 kg vaznda Shunqor Abdurasulov Estrada Alvaresga yutqazdi. 69 kg vaznda Mahmud G‘oipov Roniel Iglesiasga qarshilik ko‘rsata olmadi. 81 kg vaznda Madiyor Saidrahimov ham Xulio la Kruzga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsa, eng og‘ir vaznda Bahodir Jalolov Xose Gomesga yutqazdi.

Eslatib o‘tamiz, Uzbek Tigers 27 fevral kuni Kuba va 1 martda Kolumbiyaga qarshi kechadigan uchrashuvlarni Termizda o‘tkazadi.

Ko‘proq yangiliklar: