Pyongchangdagi Olimpiada rasman ochiq deb e'lon qilindi    

Sport 19:40 / 09.02.2018 22967

Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In XXIII qishki Olimpiada ochilish marosimi o‘tgan Pyongchangdagi Olimpiya stadionida 2018 yilgi qishki Olimpiadani ochiq deb e'lon qildi. Marosim o‘z yakuniga yetdi.  

Janubiy Koreya ilk bor qishki Olimpiadani qabul qilmoqda. 1988 yilda Seulda yozgi Olimpiada o‘tgan. Pyongchang ushbu huquqni uchinchi urinishda qo‘lga kirita oldi: u 2010 yilda ushbu imkoniyatni Vankuverga, 2014 yilda Sochiga boy bergan.

16 kun davomida 15 ta sport turi bo‘yicha 102 ta medallar shodasi uchun bahs olib boriladi. Pyongchangdagi Olimpiada tarixda ilk bor 100 dan ko‘proq medallar shodasi o‘ynaladi. Shuningdek, ilk bor kyorlingda dabl-mikst, snoubordda big-eyr, konkida yugurishda mass-start va chang‘i sportida aralash jamoaviy musobaqa taqdim qilinadi. 

O‘yinlarda umumiy hisobda 92 ta davlatdan 2952 sportchi ishtirok etadi. Olimpiadada ishtirok etuvchi davlatlar va sportchilar qishki Olimpiadalar uchun rekord hisoblanadi. Pyongchangga kelgan eng ko‘p sonli terma jamoa AQSh bo‘ldi. Bu davlatdan Olimpiadaga 242 sportchi keldi va bu ham qishki Olimpiadalar uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.

Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP

Foto: AP
Foto: AP
Foto: AP

 

Ko‘proq yangiliklar: