Pyongchang-2018. Asosiy olimpiya stadioni qancha turadi?

Sport 09:30 / 09.02.2018 12207

Olimpiya stadioni bilan o‘yinlardan keyin nima bo‘ladi – Forbes shu masalaga oydinlik kiritishga harakat qilib ko‘rdi.

O‘yinlarning ochilish shousi ssenariysi har doim katta sirdir. Asosiy intriga - Olimpiya mash'alini kim va qanday qilib yoqishi – oldindan ma'lum bo‘lmasligi kerak. Shunday qilib, Pyongchangda XOQ Reuters agentligini akkreditatsiyadan mahrum qildi, agentlik shou repetitsiyasidan olingan fotosuratlarni e'lon qilgandi. Ommaga avvaldan faqat bayroqdorlar nomi oshkor etiladi. Norvegiya bayrog‘ini biatlonchi Emil Xegle Svendsen olib o‘tsa, Shveytsariyada – chang‘ichi Dario Kolonya, AQSh – chanachi Erin Xemlin. Rossiyalik sportchilar doping mojarosi tufayli 2018 yilgi O‘yinlarda neytral maqomda qatnashadilar, ochilish marosimida esa Olimpiya bayrog‘i ostida o‘tadilar – uni ko‘ngilliga ishonib topshirishdi.

O‘yinlardan so‘ng asosiy olimpiya stadioni bilan nima bo‘ladi?

Olimpiada-2018’ning ochilish marosimi bir necha marotaba o‘z «propiskasini» o‘zgartirdi. Dastlab uni «Alpenziya» tramplindan sakrash markazi hududida tribunalar sig‘imini 50 000 ga qadar oshirib, o‘tkazishni rejalashtirishdi (Lillexammerdagi 1994 yilgi o‘yinlar tashkilotchilari shunday qilishgandi). Lekin 2012 yilgi o‘yinlarda tashkiliy qo‘mita shouga tayyorgarlik ko‘rish sportchilar mashg‘ulotlariga xalaqit berishi haqida ma'lum qilishdi, shuning uchun marosimni ko‘chirishga qaror qilishdi. Aynan qayerga ekani esa – biroz muddat noma'lum bo‘lib turdi. Sportning muzli turlariga mo‘ljallangan obektlar bir joyga jamlangan, sohilbo‘yidagi Kannin shahridagi stadionni rekonstruksiyadan chiqarish g‘oyasi esa Pyongchang aholisiga yoqmadi. O‘shanda kichik posyolkada vaqtinchalik arenani qurishga qaror qilindi, u Alpenziya kurortidan ikki kilometrlik masofada joylashgan.

Loyihani – besh burchakli shaklga ega arenani – amalga oshirishga 2014 yilda kirishildi, 2017 yilning iyuliga kelib ishlar deyarli yakunlandi (86,7 foizlik tayyorlik). Stadion tribunalari 35 000 o‘ringa mo‘ljallangan, uning ustida tom esa yo‘q – tashkiliy qo‘mita xarajatlarni ko‘paytirmaslikka qaror qildi. Qurilish shundoq ham 58 mln dollarga tushdi, Olimpiada va Paralimpiada marosimlaridan keyin arena baribir qismlarga bo‘lib tashlanadi. Kichik viloyatga bunday katta stadion kerak emas, uni yaxshi holda saqlash uchun ham mahalliy byudjyetda pullar yo‘q (yiliga taxminan 4,5 mln dollarga tushadi). Natijada o‘yinlardan keyingi rekonstruksiya tufayli asosiy tribuna 4 qavatga pasayadi va muzeyga aylanadi, tomoshabin o‘rindiqlari soni 5000 ga qisqaradi, atrofida esa bog‘ hududi barpo etiladi. Bularning bari loyiha umumiy qiymatini 105 mln dollarga oshiradi.

Olimpiada-2018 marosimiga chiptalar xarid qilgan tomoshabinlar moliyaviy detallarni bilmaganliklari ma'qul. Ular sovuq haroratda ochiq osmon ostida bir necha soat o‘tirishlariga to‘g‘ri keladi. Ob-havoni kuzatish markazi mutaxassislariga ko‘ra, 9 fevral kuni kechqurun 5 daraja sovuqqacha harorat kuzatiladi – bu yerlar uchun xos bo‘lgan kuchli shamol tufayli. Amerikalik jurnalistlar odamlar muzlab qolishi mumkin ekanidan xavfsirashmoqda. Xususan, AP axborot agentligi xabariga ko‘ra, 2017 yilning oxirida Pyongchangdagi stadionida o‘tgan konsert vaqtida olti kishi muzlab qolgani tufayli shifoxonaga olib ketilgan.

2018 yilgi o‘yinlar tashkiliy qo‘mitasi ham biroz hayajonda: har bir tomoshabinga yomg‘ir/qordan saqlanish (yog‘ingarchilik kuzatiladigan bo‘lsa), qo‘l va oyoqlar uchun isitish vositalari berilishiga va'da qilindi. O‘tkazish joylarida gazli isitgichlar o‘rnatiladi. Bundan tashqari, to‘rtta tribuna bo‘ylab balandligi 3,5 metr bo‘lgan polikarbonatli to‘siqlar o‘rnatildi, ular shamoldan himoya qilishi kerak.

Sportchilar haqida esa ekipirovkalar ishlab chiqaruvchilari qayg‘uradi. AQSh terma jamoasining rasmiy hamkori Polo Ralph Lauren jamoa uchun isitish imkoniga ega maxsus kurtkalar ishlab chiqdi. Amerikaliklarni bayroqlari isitadi, uning tasviri kurtkaning ichki qismiga ham joylashtirilgan bo‘lib, akkumulyatordan quvvat oladi va issiqlikni ushlab turadi.

Sportchilarning paradi vaqtida dizaynerlik ishlanmalarini ko‘rish har doim qiziq. «Ochilish marosimi bilan hech qanday modalar haftaliklari tenglasha olmaydi», - deya hisoblaydi Forbes tahlilchisi Stefan Rabimov. Frantsuzlarning Lacoste’dan qordek oppoq formasi, finlarning g‘aroyib bosh kiyimlari va britaniyaliklarning Simon Jersey’dan elegant kostyumlari – Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimidagi asosiy yulduzlar aslida shular.

Ko‘proq yangiliklar: