Gigant kompaniyalarning APL translyatsiyasini sotib olishga kuchi yetmadi

Sport 15:30 / 09.02.2018 11368

Angliya premer-ligasining 2019-2022 yilgi mavsumlari translyatsiyasi huquqini sotib olish uchun kurash davom etmoqda. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, o‘yinlar translyatsiyasini sotib olish uchun Facebook, Google va Netflix kabi dunyoning yetakchi korporatsiyalari kurashni to‘xtatishgan. Ular 2015 yilda Sky Sports va BT Sports birgalikda to‘lagan – 5,1 milliard funt sterlingni to‘lay olmasligini bildirishgan. Yuqoridagi kanallar kelgusidagi 200 uchrashuv translyatsiyasi uchun favoritlar qatorida qolmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, ushbu savdo ishlari bugun yakunlanishi ham mumkin. Ayni vaqtda Sky va BT telekanallari translyatsiya huquqini sotib olish bo‘yicha rasmiy taklifni jo‘natishlari lozim edi.

Shuningdek yana bir internet-giganti Amazon APL translyatsiyaning nisbatan arzonroq paketlaridan birini sotib olishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: