Fotojamlanma: Janubiy Koreya Olimpiada arafasida

Sport 11:50 / 09.02.2018 12402

Bugun, 9 fevral kuni Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida rasman XXIII Qishki Olimpiya o‘yinlari start oladi: bugun 2018 yilgi qishki olimpiadaning ochilish marosimi o‘tkaziladi. Paradni an'anaga ko‘ra, gretsiyalik sportchilar boshlab berishadi. 

O‘zbekiston ushbu xalqaro turnirga ikki nafar sportchini jo‘natgan. Bular tog‘ chang‘isi vakili Komiljon To‘xtayev va figurali uchish bo‘yicha ko‘p yillardan beri xalqaro turnirlarda O‘zbekiston sharafini himoya qilib kelayotgan Misha Ge.

Ilk medallar shodasi uchun bahslar 10 fevral kuni bo‘lib o‘tadi, Olimpiada 25 fevralga qadar davom etadi.

Shahar yilning eng asosiy sport turnirlaridan biriga qanday tayyorgarlik ko‘rgani quyidagi fotogalereyada:

Foto: Reuters

Janubiy Koreyadagi qishki Olimpiada talismani - Suxoran (Soohorang) laqabli oq yo‘lbarscha

Foto: epa/vostock-photo

Pyongchangda qor festivali 

Foto: AP/TASS

Pyongchangdagi Olimpiya stadionida ko‘ngillilar guruhi 

Foto: Reuters

Ko‘ngillilar mashg‘ulot o‘tayotgan sportchilarni oliqishlashmoqda 

Foto: DPA/TASS

Gannundagi Olimpiya qishlog‘ida mehmondorchilik 

Foto: epa/vostock-photo

Milliy liboslardagi koreyalik qizlar Olimpiya qishlog‘i yaqinida suratga tushishmoqda 

Foto: AP/TASS

«Alpenziya» tog‘-chang‘i kurortida chang‘ichilar haykali 

Foto: Reuters

 Pyongchangda 2018 yilgi Qishki Olimpiada ochilishi arafasida

Foto: TASS, Sergey Bobylev

XXIII Qishki Olimpiya o‘yinlari ramzlari sotuvda 

Foto: AP/TASS

 Pyongchangdagi Kvandong xokkey markazi

Foto: Zuma/TASS

Janubiy koreyaliklarning Kannini qishki Olimpiada ochilishi arafasida 

Foto: Kommersant'

 Janubiy Koreya qirollik gvardiyasi faxriy qorovullikda

Foto: Kommersant'

Olimpiya qishlog‘i 

Ko‘proq yangiliklar: