Futzal. Erondan 7ta gol o‘tkazgan O‘zbekiston finalga chiqa olmadi

Sport 17:40 / 09.02.2018 31690

Futzal bo‘yicha Xitoy Taypeyida davom etayotgan Osiyo chempionatida yarim finalning ikkinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Birinchi bo‘limning o‘zida raqib O‘zbekiston terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda esa nisbatan osonroq kechgan o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi ham gol urishning uddasidan chiqa olishdi.

Jvidning het-triki, Hasanzoda va Tayibiyning dubllariga O‘zbekiston terma jamoasi vakili Rahmatov faqat bitta gol bilan javob qaytara oldi. Natijada Eron terma jamoasi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endilikda O‘zbekiston terma jamoasi 3-o‘rin uchun bahsda Iroq terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 11 fevral kuni soat 13:00da boshlanadi

Futzal. OCh-2018, yarim final.
Eron – O‘zbekiston 7:1 (5:0)
Gollar: 
Javid (3, 16, 16), Hasanzoda (4, 31) Tayibiy (11, 36) - A.Rahmatov (40).

Ko‘proq yangiliklar: