O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Qirg‘izistonga boradi

Iqtisodiyot 10:09 / 08.02.2018 5882

O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi ishchi guruhining Qirg‘iziston Respublikasiga rasmiy tashrifi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Tashqi savdo vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur tashrif ikki kun davom etib, uning asosiy maqsadi ikki taraflama savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilish etib belgilangan.

Ma'lumot uchun: 2017 yil ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro tovar aylanmasi 86 million AQSh dollariga oshib 253,9 million AQSh dollarni tashkil etdi. Qirg‘iziston Respublikasiga qilinayotgan eksportning asosiy ulushi - tabiiy gaz, tekstil hamda meva-sabzavot mahsulotlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Tashrif davomida hukumatlararo muzokaralar bilan bir qatorda, ikki tomonning xususiy sektor vakillari bilan uchrashuvlar, korxonalarga tashriflar, shuningdek kooperatsiya va savdo shartnomalarini amalga oshirishni jadallashtirishga yo‘naltirilgan tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, O‘sh viloyati chegara zonasida transchegaraviy savdo-sotiqni rivojlantirish imkoniyatini o‘rganish bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi.

Ko‘proq yangiliklar: