Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax Toshkentga keladi

Sport 14:00 / 08.02.2018 7668

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax MOQ prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifiga ko‘ra, poytaxt Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda MOQ rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Qishki Olimpiadaning ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pyongchangda bo‘lib turgan Ahmadjonov XOQ prezidenti bilan ko‘rishdi. Uchrashuv davomida tomonlar yangi bosqichga ko‘tarilayotgan O‘zbekistondagi olimpiya harakatini rivojlantirish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashish borasida kelishib oldi. 

Tomas Baxning Toshkentga tashrifidan ko‘zlangan asosiy maqsad — MOQ va XOQ o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ladi. Bungacha Bax 2015 yil O‘zbekistonga kelgan bo‘lib, mamlakat sporti haqida tasavvurga ega bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: