Ayrim mahsulotlarni O‘zbekiston orqali tranzit qilishni soddalashtirish rejalashtirilmoqda

Iqtisodiyot 15:17 / 08.02.2018 14455

Tashqi savdo vazirligi tomonidan mamlakat hududi orqali tranzit qilishda taomillarni soddalashtirish, ishonchli transport tranzit yo‘laklarini shakllantirish va tranzit tashish oqimlarini oshirishga qaratilgan prezident qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Norma.uz’ning yozishicha, loyiha bilan quyidagilar to‘g‘risidagi talablarni bekor qilish taklif qilinmoqda:

•  mamlakat bojxona hududi orqali alkogolli va tamaki mahsulotlarini avtomobil va temir yo‘l transportida tranzit qilishda Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasini olish;
•  mahsulotlarni davlat hududidan tashqariga olib chiqish fakti tasdiqlangandan keyin kiritilgan summani qaytargan holda tashuvchi tomonidan O‘zbekiston bojxona organlari depozit hisobvarag‘iga tegishli bojxona to‘lovlari (bojxona boji, aksiz solig‘i, QQS) pul ta'minotining barcha summasini kiritish.

Mazkur tartib prezidentning 4.10.2007 yildagi PQ-703-son “Aktsiz solig‘iga tortiladigan ayrim turdagi tovarlarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit yo‘li bilan olib o‘tilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan joriy etilgan. Qayd etilishicha, yuqorida ko‘rsatilgan hujjat qabul qilingan paytdan boshlab 2007 yildan e'tiboran alkogolli va tamaki mahsulotlarini O‘zbekiston orqali tranzit qilish deyarli amalga oshirilmagan.

Kutilishicha, tartibni bekor qilish tranzit qilish taomilini sezilarli darajada soddalashtiradi va transport tashish hajmlarini yanada oshirishga turtki beradi.

Ko‘proq yangiliklar: