3-6 oydan keyin haydovchisiz Tesla butun Amerika bo‘ylab yurib o‘tadi – Ilon Mask

Fan-texnika 21:34 / 08.02.2018 6658

Tesla kompaniyasi rahbari Ilon Mask 3 oydan keyin Tesla avtopiloti unga butun AQSh bo‘ylab inson yordamisiz va aralashuvisiz yurib o‘ta oladigan darajaga yetishiga umid bildirdi. Maskning aytishicha, nari borsa bu 6 oydan keyin yuz beradi.  

Mask Tesla’ni haydovchisiz rejimda butun AQSh bo‘ylab yurib o‘tishini o‘tgan yilda rejalashtirgan, biroq hanuzgacha bu reja amalga oshmay kelmoqda. Hozir tadbirkor bu masala bo‘yicha ba'zi aniqlik kiritdi. Uning aytishicha, avtopilotga butun sayohat davomida haydovchiga jarayonga aralashmaslikka imkon beradigan darajaga yetish uchun 3-6 oy vaqt talab etiladi. 

Mask bu haqda kompaniyaning moliyaviy natijalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda aytib o‘tdi. Mask kompaniya sotilgan avtomobillarning dasturiy ta'minotini haydovchisiz darajagacha yangilanishi borasidagi savolga tasdiq javobini bergan. 

Maskning aytishicha, uning maqsadi universal va xavfsiz avtopilotni yaratishdan iborat. U kompaniya sun'iy ong bilan bog‘liq yo‘nalishda rivojlanayotgani darajasidan mamnunlik bildirgan. 

Wikipedia asoschisi Jimmi Ueylsning fikricha, haydovchisiz Tesla 2018 yil oxirida yoki undan ham ertaroq sotuvga chiqadi. Uning aytishicha, Mask “buning uchun yetarlicha aqldan ozgan”. Mask Falcon Heavy raketasini koinotga muvaffaqiyatli uchirgandan so‘ng hozirda unga ishonch har doimgidan ko‘proq ortgan. Maskka tegishli Tesla rodsterining koinotga uchirilishi esa avtomobil sanoati tarixida eng hayratlantiruvchi reklama aksiyasi bo‘ldi desa, hech ham mubolag‘a bo‘lmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: