APLda oy murabbiyligiga 7 nomzod da'vogar

Sport 16:00 / 07.02.2018 8297

Angliya premer-ligasining yanvar oyidagi eng yaxshi murabbiyi 7 nomzod ichidan muxlislar ovoz berishi yo‘li bilan aniqlanadi.

Bular Karlush Karvalyal («Suonsi»), Xosep Gvardiola («Manchester Siti»), Eddi Xau («Bornmut»), Yurgen Klopp («Liverpul»), Joze Mourino («MYu»), Devid Moyyes («Vest Hem») va Maurisio Pochettino («Tottenhem»).

Qayd etish kerakki, bungacha 4 oy davomida «Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘lgandi. Ammo o‘tgan oyda u va jamoa premer-liga doirasidagi 5 o‘yindan ikkitasida ochko yo‘qotdi - «Liverpul»ga qarshi o‘yinda mag‘lubiyat (3:4) va «Byornli»ga qarshi o‘yinda durang (1:1). Yanvar oyining eng yaxshisi bo‘lish uchun esa asosiy nomzod «Bornmut» ustozi Eddi Hau bo‘lib qolmoqda. Jamoa yanvar oyidagi 5ta o‘yinda 3 g‘alaba va 2 durangga erishdi, ayniqsa «Arsenal», «Chelsi» va «Stok Siti»ga qarshi o‘yinlardagi g‘alabalar evaziga jamoa 19-o‘rindan 9-o‘ringa ko‘tarildi.

Ko‘proq yangiliklar: