Niderlandiya terma jamoasi yangi bosh murabbiyni tayinladi

Sport 22:00 / 06.02.2018 5378

Niderlandiya qirolligi futbol ittifoqi terma jamoaga Ronald Kuman yangi bosh murabbiy bo‘lganini e'lon qildi.

54 yoshli mutaxassis federatsiya bilan 4,5 yillik shartnoma imzoladi.

Uning oldiga terma jamoani Yevro-2020 va JCh-2022 final bosqichiga olib chiqish vazifasi qo‘yildi.

Ma'lumot o‘rnida, Ronald Kuman murabbiylik faoliyatida «Ayaks», «Benfika», PSV, «Valensiya», AZ, «Feyyenoord», «Sauthempton» va «Everton» klublarini boshqargan.

Ko‘proq yangiliklar: