Futbolda MMA uslubi. Lallana yosh raqibini jazoladi

Sport 12:50 / 06.02.2018 14742

Angliya terma jamoasi a'zosi Adam Lallana «Liverpul» yoshlar jamoasi tarkibida «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda ishtirok etdi. Safar uchrashuvida mersisaydliklar jamoasi  kichik hisobda mag‘lubiyatga uchradi. O‘yinning 63-daqiqasida esa o‘yin natijasidan ko‘ra e'tiborliroq voqea sodir bo‘ldi. Adam havoda to‘p uchun kurashda Jorj Marsh bilan to‘qnashdi, avvaliga Marsh uning boshiga bexosdan urib yubordi va o‘yinni davom ettirdi. Ammo zarbadan jahli chiqqan Adam ortdan kelib, uni bo‘g‘a boshladi. Marshni maydondagi boshqa futbolchilar zo‘ravon qo‘lidan qutqarib qolishdi, hakam unga qizil kartochka ko‘rsatib maydondan haydadi, Denni Ings jamoadoshini yupatdi.

Lallananing diskvalifikatsiyasi faqat yoshlar birinchiligiga taalluqli bo‘ladi, u 11 fevral kuni asosiy jamoa safida «Sauthempton»ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin.

Lallana yozgi yig‘inlar vaqtida belidan jarohat olgach, asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotgandi. 2017 yil noyabrida u safga qaytdi, ammo ikki o‘yin o‘tkazganidan keyin yana jarohatlandi.

Adam Lallana ayni vaqtda jarohatidan tiklanish jarayonida. «Liverpul» murabbiylari uni formasini tiklab olishi uchun zaxira jamoa tarkibiga qo‘shgan. Lallana sog‘ligidagi muammolar tufayli joriy mavsumda jamoasining APLdagi atigi 7 o‘yinida qatnashdi.

Ko‘proq yangiliklar: