Farg‘onada 5 yoshli qizchani o‘g‘irlab ketib, so‘ng uning joniga qasd qilishdi 

Jamiyat 20:19 / 06.02.2018 150722

Joriy yilning 5 fevral kuni chamasi soat 16-00 da, Farg‘ona viloyati, Oltiariq tumanidagi 6-maktabgacha ta'lim muassasasi hamshirasi Q. M. odatdagidek, o‘zining  2 nafar farzandi bilan birga qaynog‘asi Q. F.ning qizi - MTM tarbiyalanuvchisi 5 yoshli G‘. K.ni bog‘chadan olib chiqib ketgan.

Maktabgacha ta'lim vazirligining KUN.UZ’ga ma'lum qilishicha, kichkina qizning ota-onasi Turkiyaga ishlash uchun ketib, qizcha buvisi va 2-guruh nogironi bo‘lgan bobosi qaramog‘ida qolgan. 

Hamshira Q. M. bolalarni yashash hovlisiga chamasi 50 metr qolganda tashlab, o‘z ishi bilan qaytib ketadi va o‘z qaynonasi, ya'ni qizchaning buvisiga telefon orqali bolalarni uyga kiritib yuborgani haqida xabar beradi.

Shu vaqtda 30-35 yoshlar atrofidagi velosiped mingan erkak kishi kelib, uchala bolani "shirinlik olib beraman" deb, 2 nafarini velosipedni orqa o‘rindig‘iga, bittasini old o‘rindiqqa mindirib ketgan. Ko‘cha boshiga borganda 2 nafar bolani qoldirib, faqat G‘.K.ni olib ketgan. Voqea tafsilotini hamshira Q.M.ning ikki nafar farzandi tasdiqlagan.

Soat taxminan 17.00 larda qaynonasi nabirasi uyga kelmagani haqida Q. M.ga xabar beradi. 5 yoshli qizchani yo‘qolgani aniqlangandan so‘ng oila a'zolari mustaqil ravishda bolani qidirishadi va taxminan soat 18.00 lar chamasida IIBga xabar berishadi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlaridan so‘ng, bugun, 6 fevral kuni soat 00-20 lar atrofida qizchaning tan jarohatlari yetkazilgan jonsiz tanasi Oqbo‘yra qishlog‘i hududidan topildi.

Ko‘proq yangiliklar: