Facebook’dan foydalanish bo‘yicha shaharlar o‘rtasidagi chempion aniqlandi

Fan-texnika 12:05 / 06.02.2018 9765

Tailand poytaxti Facebook’dan foydalanish bo‘yicha jahon chempioniga aylandi, Bangkokda 22 mln akkaunt ro‘yxatga olingan. Bu haqdagi ma'lumot 6 fevral, seshanba kuni e'lon qilindi.

Ta'kidlanishicha, 12 millionli shaharda akkauntlarning bunday soni yuridik shaxslar, jumladan korxonalar va jamoat tashkilotlari, klublar hamda sport jamiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq, deb xabar qilmoqda «RIA Novosti».

Eslatib o‘tamiz, 31 yanvar kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘i kriptovalyutalar, tokenlar (ICO) yoki binar opsionlarning birlamchi joylashtiruviga aloqador bo‘lgan barcha reklamani taqiqladi.

Ko‘proq yangiliklar: