Bir guruh sportchilar imkoniyati cheklangan bolalar maktablariga tashrif buyurdi

Sport 18:30 / 05.02.2018 7850

Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti, O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun yurtimizdagi mashhur sportchilar, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlari, Osiyo chempioni bo‘lgan futbolchilar va murabbiylar bilan birgalikda Toshkentda joylashgan 100-ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Ko‘zi ojizlar maktab internatiga tashrif buyurdi.

Ushbu internatlarda tarbiyalanayotgan imkoniyati cheklangan bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘alari — futbol to‘plari, sport anjomlari va Faxriy yorliqlar topshirildi.

Foto: Olympic.uz
Foto: Olympic.uz
Foto: Olympic.uz

 Umid Ahmadjonovning topshirig‘iga ko‘ra, endilikda yurtimizda bo‘lib o‘tadigan sport musobaqalari, futbol bo‘yicha milliy chempionatimiz o‘yinlariga mana shunday ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tarbiyalanayotgan bolalarni olib borish  yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi. Bu tashabbusni sportchilar hamda murabbiylar qo‘llab-quvvatlashdi.

Foto: Olympic.uz

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi hisobidan maktab-internatlaridagi bolajonlarni Xalqaro musobaqalarga olib borish amaliyoti ham joriy etiladigan bo‘ldi.

«Bugun sizning huzuringizga yurtimizning mashhur sportchilari, yaqindagina Osiyo chempioni bo‘lgan futbolchilar va murabbiylar bilar birga keldik. Nasib etsa, bunday tashriflarni yil davomida muntazam ravishda amalga oshirib boramiz. Sizlarga ham kelgusida mashhur sportchi bo‘lib, yurtimiz sharafini xalqaro maydonlarda himoya qilib yurishingizni tilaymiz. Birgalikda yurtimiz sportini va futbolini yuqori pog‘onalarga olib chiqamiz», - dedi Umid Ahmadjonov.

Ko‘proq yangiliklar: