HOQ Janubiy Koreya xokkeychisidan dubulg‘adagi tasvirni o‘zgartirishni so‘radi

Sport 17:07 / 04.02.2018 8071

Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi (XOQ) Janubiy Koreyaning xokkey bo‘yicha terma jamoasi darvozaboni Mett Daltondan Pxenchxandagi Olimpiya o‘yinlaridan oldin dubulg‘asidagi suratni o‘zgartirishni so‘radi. Inside the games shu haqida ma'lum qildi. 

Gap shundaki, golkiperning dubulg‘asida 1598 yilda Yaponiyaga qarshi urushda qozonilgan g‘alabaga katta hissa qo‘shgan admiral Li Sun Sin tasvirlangan.

Foto: Yonhap

XOQ xokkeychi tashkilot qoidalarini buzmoqda, deb hisoblamoqda. Zero Olipiadada siyosiy targ‘ibot namoyishi taqiqlanadi. 

Dalton XOQning bunday qaroriga qarshi o‘laroq, tashkilot fikrini o‘zgartirishga harakat qilishini ta'kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: