Apple daromadi rekord darajani qayd etdi

Fan-texnika 15:05 / 02.02.2018 11865

Apple 2018 moliyaviy yilning birinchi choragida korporatsiya daromadi rekord darajani qayd etganini ma'lum qildi. 

Kompaniya hisobotiga ko‘ra, 2017 yilning 30 dekabrida tugagan birinchi chorakda daromad bir yil avvalgi ko‘rsatkichga nisbatan 13 foizga - 88,3 milliard dollarga o‘sgan. 

"Hayajon ila Apple tarixidagi eng yirik daromadli chorak haqida ma'lum qilamiz, o‘sish umumiy bo‘ldi, yangi ayfonlar lineykasi daromadi ham shular jumlasidandir. iPhone X kutganimizdan-da a'lo natijalarni ko‘rsatdi", - deyiladi kompaniya matbuot relizida. 

Apple'ning birinchi chorakdagi sof daromadi 20 milliard dollardan oshdi, bu 2017 yilning xuddi shu davriga nisbatan 12 foizga ko‘p demakdir. 

iPhone'ning birinchi chorakdagi sotuvlari 77,316 million donani tashkil qildi, bu yillik hisobda 1,2 foizga kamdir. iPad sotuvlari o‘tgan moliyaviy yildagiga nisbatan 1 foizdan kamroqqa o‘sdi. Eng ko‘p sotuv ko‘rsatkichlari AQShda qayd etilgan, u yerda kompaniya daromadi 35,193 milliard dollarni tashkil qilgan (yillik hisobda 10 foizga o‘sish).

Apple'ga 1976 yilda Stiv Jobs, Stiv Voznyak va Ronald Ueynlar tomonidan asos solingan. Kompaniya shtab-kvartirasi Kupertino (Kaliforniya shtati)da joylashgan. Apple personal va planshet kompyuterlar, audiopleyerlar, telefonlar, smart-soatlar va dasturiy ta'minot ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: