O‘zbekistonda telefon raqamlari to‘qqiz sonli shaklga o‘tkaziladi

Fan-texnika 16:35 / 31.01.2018 99360

O‘zbekistonda joriy yilda telefon raqamlari yettidan to‘qqiz sonli shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda «O‘zbektelekom» kompaniyasi Facebook’da xabar berdi.

2018 yilda telefon raqamlari ikkita qo‘shimcha raqamga uzunroq bo‘ladi, mintaqa kodi qo‘shiladi. Shu tariqa shaharlararo raqamlarga qo‘ng‘iroq qilish jarayoni ham yengillashadi.

Masalan: qayd etilgan aloqa abonenti raqamini chaqirish uchun raqamni 71XXXXXXX, 62XXXXXXX va hokazo shaklda terish kerak bo‘lsa, mobil raqam uchun - 90XXXXXXX, 93XXXXXXX, 97XXXXXXX v.h. Telefon raqamlarining 12 sondan iborat xalqaro shakli o‘zgarishsiz qoladi.

To‘qqizta sonli shaklga o‘tish mobil operatorlarda raqam diapazoni deyarli qolmagani, aloqa xizmatlariga talab esa kun sayin ortib borayotgani bilan bog‘liq.

Ko‘proq yangiliklar: