Samolyot xantal moyi qo‘shilgan bioyoqilg‘ida ilk bor AQShdan Avstraliyaga parvoz qildi

Foto: Qantas/Matt Sayles
Yo‘lovchi samolyoti qisman xantal moyidan iborat aralash yoqilg‘ida ilk bor AQShdan Avstraliyaga parvoz amalga oshirdi. Bu haqda Herald Sun nashri ma'lum qildi.
Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasining Boeing Dreamliner 787-9 samolyoti Los-Anjyelesdan Melburnga 15 soat davomida uchgan. Samolyotda standart aviatsiya yoqilg‘isiga 10 foiz xantal urug‘lari asosidagi organik yoqilg‘i qo‘shilgan bioyoqilg‘i qo‘llangan. Buning natijasida atrof-muhitga 7 foizga kamroq karbonat angidrid chiqarishga muvaffaq bo‘lingan.
Qantas vakillarining aytishicha, “noan'anaviy yoqilg‘i” hech qanday xavf tug‘dirmaydi. “Bu biz uchun mutlaq normal parvozdir”, deb aytgan kompaniya bosh direktori Elison Uebster.
Aviakompaniyada ta'kidlanishicha, bioyoqilg‘i qo‘llash bilan atrof-muhitga karbonat angidrid chiqarilishini 80 foizga qisqartirish mumkin.
Mavzuga oid

08:58 / 10.03.2025
Germaniya Tramp F-35 samolyotlarini «o‘chirib qo‘yishi» mumkinligidan xavotirda

13:58 / 07.03.2025
Avstraliyada o‘smir o‘qotar qurol bilan samolyot bortiga yashirincha chiqdi

15:24 / 02.03.2025
Douglas, Boeing, Airbus va Tu-154 – Fuqaro aviatsiyasi tarixida urib tushirilgan samolyotlar

10:51 / 28.02.2025