O‘zbekiston 134-davlat bilan diplomatik aloqalar o‘rnatdi

Foto: KUN.UZ
2018 yilning 26 yanvar kuni Nyu-York shahrida (AQSh) O‘zbekiston Respublikasi va Nepal Federativ Demokratik Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ikki mamlakat hukumati nomidan hujjatni O‘zbekiston va Nepalning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi doimiy vakili imzoladi.
Hujjatda ta'kidlanishicha, «O‘zbekiston Respublikasi va Nepal, ikki davlat o‘rtasida o‘zaro tushunish, do‘stlik va hamkorlikni rivojlantirish hamda mustahkamlash niyatida, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi prinsiplari va maqsadlari hamda xalqaro huquqqa rioya etgan holda, 1961 yil 18 apreldagi diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi va 1963 yil 24 apreldagi konsullik aloqalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi bandlariga muvofiq diplomatik munosabatlar o‘rnatishga qaror qildi».
Nepal O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 134-davlatga aylandi.
Mavzuga oid

17:56 / 21.01.2025
Nepal Everestga chiqish narxini 15 ming dollargacha oshirdi

00:05 / 10.10.2024
Nepallik o‘smir Yerdagi eng baland cho‘qqilarni zabt etib, rekord o‘rnatdi

19:45 / 29.09.2024
Nepalda so‘nggi 50 yillikdagi eng kuchli yomg‘irlar kuzatilmoqda - fotosuratlar

13:05 / 24.07.2024