Tramp Guantanamodagi qamoqxonani saqlab qolmoqchi

Foto: Getty images
AQSh prezidenti Donald Tramp Guantanamodagi harbiy qamoqxonani ochiq holda qoldirish imkonini beruvchi farmonni imzolash niyatida. Bu haqda Politico xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, keyingi seshanba, 30 yanvar kuni, davlat rahbari ushbu farmonni imzolash rejasida ekanini ma'lum qilishi mumkin.
Trampning topshirig‘i AQSh sobiq prezidenti Barak Obama tomonidan 2009 yilda imzolangan va «qamoqxonada tezroq yopilishi lozimligi» haqida so‘z yuritilgan farmon bir qismini bekor qiladi.
Donald Tramp o‘tgan yilning mayida Guantanamo mahkumlarini AQSh va o‘zga davlatlar hududidagi boshqa turmalarga o‘tkazishni taqiqlovchi qonunni imzolangan edi.
Eslatib o‘tamiz, Guantanamodagi bazada xalqaro terrorchilar uchun turma 2001 yilning 11 sentabr teraktlaridan so‘ng ochilgan.
Mavzuga oid

20:59 / 30.01.2025
«Yomondan yomonlar uchun». Tramp noqonuniy migrantlarni Guantanamoga yuborishni buyurdi

17:31 / 07.01.2025
AQSh Guantanamodagi 11 nafar mahbusni ozod etdi

20:17 / 01.01.2025
Guantanamo qamoqxonasi ochilganidan beri hibsda saqlangan Tunis fuqarosi ozod etildi

19:03 / 12.01.2022