Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati keskin pasayadi

O‘zbekiston 15:41 / 24.01.2018 103760

27-29 yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Shimoliy Qozog‘iston orqali G‘arbiy Sibirda hosil bo‘lgan sovuq havo oqimi kirib keladi. Bu haqda "O‘zgidromet" markazi xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab sovuq havo harorati me'yordan 7-12 darajagacha past bo‘lib, ob-havoning anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan bo‘ron ogohlantiruvi e'lon qilingan.

28-29 yanvar kunlari kechasi havo harorati 11-14, kunduzi 2-5 daraja sovuq, shimoliy hududlarda 17-20 darajagacha, kunduzi 7-10 daraja sovuq bo‘ladi.

Kutilayotgan sovuqlar avtotransport, aloqa, energetika va kommunal xizmatlar ishini qiyinlashtirishi mumkin, deyiladi "O‘zgidromet" markazi taqdim etgan xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: