Samsung smartfonlarining mashhurlik cho‘qqisidagi davri o‘tgan bo‘lishiga qaramay, ular hanuz dunyoda eng keng tarqalgan qurilmalar hisoblanadi. So‘nggi uch oyda Janubiy Koreya korporatsiyasining mobil qurilmalar bozoridagi pozitsiyasi sekin-asta zaiflashmoqda, bu ayniqsa Xitoy va boshqa Osiyo mamlakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Bu yerlarda Huawei, Xiaomi, Vivo, Oppo kabi mahalliy brendlar mashhur bo‘lib bormoqda.
Samsung kompaniyasi konstruksiyasiga dosh berish uchun ba'zan majburiy choralarni qo‘llashga to‘g‘ri keladi. Ma'lum bo‘lishicha, tez orada mazkur brend ostidagi smartfonlar egalarini ajoyib syurpriz kutmoqda - kompaniya mobil qurilmalarini qo‘llash ko‘lamini kengaytiradi. Bir necha manba ma'lumotiga ko‘ra, barcha Samsung telefonlarida FM-radio blokdan yechiladi.
Hozirda Samsung brendi ostidagi mobil qurilmalarda FM-radio dasturiy ta'minotdagi cheklovlar yordamida foydalanuvchilardan yashiringan. Tez orada Janubiy Koreya korporatsiyasi o‘z smartfonlari proshivkalariga radioga kirish imkonini qo‘shadi. Bu xitoylik telefon ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatga kirishish uchun qilinadi, zero ularning aksariyatida shunday oddiy, lekin foydali funksiya mavjud.
Tashqarida 2018 yil bo‘lsa-da, FM-radio haqiqatda kerakli narsa. Aksariyat foydalanuvchilar bunday imkoniyatdan xursand bo‘lishlari tabiiy. Bu batareya zaryadini tejash bilan birga ortiqcha internet-trafik sarflamaslik imkonini beradi.
Bundan tashqari, FM-radio xizmatlarini barcha Samsung smartfonlarida to‘liq qo‘llab-quvvatlash favqulodda holatlarda hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hodisalardan xabardor bo‘lish imkonini beradi. Bunday funksiya yordamida FVV xavf yaqinlashib kelayotgan hudud aholisini bundan xabardor qilishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, yangi funksiya hamma uchun foydali.