Qozog‘istondagi fojiaga nima sabab bo‘lgani aytildi

Foto: Qozog‘iston FVV
Qozog‘istonda avtobusning yonib ketishiga elektr simlarning qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ushbu fojia oqibatida 52 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Nur.kz favqulodda holatlar bo‘yicha departamentning Aqto‘be viloyati boshqarmasiga tayangan holda xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, yong‘in yuz berganidan so‘ng vahima boshlangan. Shuningdek, xabar qilinishicha, avtobusda yo‘lovchilar soni belgilanganidan ortiqni tashkil etgan.
Avvalroq Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati hududida yonib ketgan avtobus yo‘lovchilarining barchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgani xabar qilingandi. Avtobus O‘zbekistondan Rossiyaga ketayotgan bo‘lgan.
Mavzuga oid

00:17 / 13.03.2025
Jizzaxga 30 ta zamonaviy avtobus olib kelindi

17:39 / 11.03.2025
Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

12:06 / 02.03.2025
Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchradi

10:02 / 01.03.2025