O‘zbekistonda dollar rasmiy kursi yana oshdi

O‘zbekiston 17:20 / 15.01.2018 59313

O‘zbekiston Markaziy banki 16 yanvardan e'tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi esa 7,38 so‘mga ko‘payib, 8146,38 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi o‘tgan haftadagiga nisbatan 177,51 so‘mga oshdi va 1 yevro 9965,47 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli 92 tiyinga qimmatlashib, 143,97 so‘mni tashkil qildi.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Ko‘proq yangiliklar: