«UZDIGITAL TV» MChJ 2017 yil O‘zbekistonda raqamli televideniyega texnik va texnologik o‘tishga doir davlat dasturi asosida respublikamizning barcha hududlarini qamrab olishga kirishdi.
Milliy televideniyemizda raqamli teleko‘rsatuvga o‘tish muhim bosqichdir. Ayni vaqtda «UZDIGITAL TV» MChJ savdo va abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofislari Toshkent, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand, Buxoro va Navoiy shaharlarida ish boshlagan, shuningdek, ushbu shaharlarda kompaniyaning rasmiy distribyutorlari ham faoliyat olib bormoqda.
O‘tgan yilning dekabr oyida Qashqadaryo, Jizzax va Xorazm viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida aholiga bepul hamda eng ommabop milliy va xorijiy telekanallar test rejimida DVB-T2 standartida ishga tushirildi.
10 yanvar kuni UZDIGITAL TV kompaniyasining savdo va abonentlarga xizmat ko‘rsatish ofisi Qarshi shahrida, Mustaqillik ko‘chasi, 19-uy manzilida o‘z faoliyatini boshladi.
Raqamli televideniyega ulanishni istaganlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzilda ulanish uchun qurilmalarni xarid qilishlari mumkin. Kompaniya televizor rusumidan kelib chiqqan holda 2 turdagi qurilmalarni taklif qiladi: Telekarta (Cam-modul) va raqamli qurilma (tyuner). DVB-T2 standarti bilan tomoshabin yanada yuqori sifatli tasvir va ovozni his qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kompaniya siyosati har bir mijoz uchun yuqori darajadagi qulayliklar yaratish asosida bunyod etiladi:
- Kompaniyada 24 soat davomida abonentlarni texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati (Call –markaz) yo‘lga qo‘yilgan.
- Abonentlarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida mobil aloqa vositalari uchun «UZDIGITAL TV» mobil ilovasi ishlab chiqilgan bo‘lib, uning yordamida o‘z xizmatlar paketingizni boshqarishingiz mumkin: doimo o‘z balansingiz haqida ma'lumotga ega bo‘lish, shu bilan birga, elektron ko‘rsatuvlar dasturi (EPG) ning yodga solish funksiyasidan foydalanib, sevimli ko‘rsatuvlaringizni o‘tkazib yubormaslik imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
- Shuningdek, xizmatlar paketini telegram-BOT yoki www.uzdtv.uz saytida shaxsiy kabinet orqali ham boshqarishingiz mumkin.
Har bir abonent haftada 7 kun, 24 soat davomida o‘zini qiziqtirgan savollar bo‘yicha bepul maslahat olishi mumkin.
UZDIGITAL TV nafaqat keng kanallar tanlovi va yuqori sifatdagi tasvir, balki, sizning hayotingizda va oilangiz hayotidagi yangi sifatdir!
Reklama huquqi asosida