Credit Suisse delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

Foto: Reuters
Toshkent shahriga Shveytsariyaning Credit Suisse banki boshqaruvchi direktori Stefan Gerig boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif dasturida hamkorlikka oid istiqbolli loyihalarni muhokama qilish maqsadida mamlakat hukumati, qator vazirlik va idoralar, yetakchi bank tuzilmalari, davlat kompaniyalari bilan uchrashuvlar hamda muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Ma'lumot uchun, “Credit Suisse” bankiga 1856 yilda asos solingan bo‘lib, ayni paytda jahondagi eng yetakchi moliya muassasalaridan biri hisoblanadi hamda 50 ta davlat hududida faoliyat yuritadi.
Mavzuga oid

15:21 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Shveytsariya afg‘on muammosi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi

17:37 / 21.02.2025
Reuters: Rossiya va AQSh vakillari bir necha oydan beri Shveytsariyada yashirin muzokaralar o‘tkazmoqda

16:53 / 06.02.2025
Shveytsariya «Gulnora Karimova ishi» doirasida musodara qilingan yana 182 mln dollarni O‘zbekistonga qaytaradi

17:44 / 14.01.2025