AYoQShda Ai-93, Ai-95 va Ai-98 markali benzin turlari va narxi paydo bo‘ldi
Jizzakh Petroleum qo‘shma korxonasi O‘zbekistonda avtomobillarga import bo‘yicha olib kelingan yoqilg‘ilarni sotuvchi AYoQSh tarmog‘ini ishga tushirdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Yangi tarmoqda Yevropa sifati va talablariga mos, erkin tijoriy narxlarda Ai-92, Ai-93, Ai-95 va Ai-98 hamda dizel yoqilg‘isini sotiladi. Avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari faoliyatidan tashqari qo‘shma korxona yoqilg‘ilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri oldi-sotdi shartnomalari yoki birja savdolari orqali erkin tijoriy narxlarda sotishi kutilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2018 yil 10 yanvardan boshlab, Ai-95 (1 litri uchun 8500 so‘m narx bilan) va Ai-98 markazli benzin (1 litri uchun 9000 so‘m narx bilan) savdoga chiqarilishi kutilmoqda. «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi vakilining Kun.uz'ga ma'lum qilishicha, ilk AYoQSh punktlari Toshkent shahri Yakkasaroy tumani joylashgan Qushbegi dahasi, Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi, Ahmad Donish ko‘chasi, Olmazor tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida ish boshlashi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekneftgaz» kompaniyasi matbuot xizmati Jizzakh Petroleum QK ishga tushishi haqida ma'lum qilgandi. 2017 yil aprel oyida esa Jizzax viloyatida qiymati 2,2 mlrd AQSh dollariga teng neftni qayta ishlash majmuasi qurilishi boshlangan. Jizzax neftni qayta ishlash zavodini 2017 yil iyunda «O‘zbekneftgaz» (QKdagi ulushi 60 foiz) va Gas Project Development Central Asia (Gazprom International sho‘ba tuzilmasining ulushi 40%) ishtirokida tuzilgan Jizzakh Petroleum QK boshqaradi.
Mavzuga oid

13:23 / 10.03.2025
430 tonna Ai-80 benzinini noqonuniy ravishda sotib yuborgan MChJ aniqlandi

23:00 / 05.03.2025
Qator kompaniyalarga to‘lovlarni elektron shaklda ham qabul qilish majburiy deb belgilandi

21:03 / 27.02.2025
Qozog‘iston benzin va dizel yonilg‘isi eksportiga qo‘yilgan taqiqni uzaytiradi

16:26 / 27.02.2025