Liviya yaqinida qayiqning cho‘kishi oqibatida 64 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP / Giovanni Isolino
Liviya sohillari yaqinida 6 yanvarda muhojirlar qayig‘ining falokatga uchrashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 64 nafarga yetdi. Bu haqda Xalqaro migratsiya tashkiloti vakili Flavio di Jakomo ma'lum qildi.
“Shanba kuni yuz bergan falokatda 64 muhojir hayotdan ko‘z yumdi. Omon qolganlarning aytishicha, rezina qayiq bortida 150 kishi bo‘lgan. 86 kishi omon qolgan”, deb yozgan di Jakomo tvitterda.
2018 yilda O‘rta dengizida yuz bergan birinchi kema falokatidan keyin qutqaruv operatsiyasi Yevropa Ittifoqining Eunavfor harbiy-dengiz missiyasi patrul samolyoti Liviya suv hududlarida falokatga uchragan qayiqni aniqlangandan keyin boshlangan.
Muhojirlarni Afrikadan O‘rta yer dengizi orqali Yevropaga yetkazish yo‘nalishlarini nazoratga olish va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash Italiya hukumatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Buning evaziga 2017 yilda Italiyaga kelgan muhojirlar soni 34 foizga kamayib, 119 ming kishini tashkil qilgan.
Mavzuga oid

09:05 / 31.01.2025
Rossiya Suriyadagi harbiy kontingentini Liviyaga ko‘chiradimi?

20:51 / 06.01.2025
Parijda sobiq prezident Sarkozi Qazzofiy fondidan 50 mln yevro olgani bo‘yicha sud eshituvi boshlandi

12:33 / 06.11.2024
BMT: Yil boshidan beri Liviyada minalar portlashi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

21:24 / 18.08.2024