Kia noodatiy panjaraga ega elektr krossoverni taqdim etadi

Fan-texnika 18:20 / 05.01.2018 10299

Kia kompaniyasi yangi kontseptual krossoverning bir necha tizerlarini namoyish etdi, u butunlay elektr kuch qurilmasi bilan jihozlanadi. Prototipning alohida jihatlari orasida nurdiodli panelni tilga olish mumkin, u radiator panjarasi o‘rnida joylashgan.

Kia kontsept-kar haqida hech qanday texnik tafsilotlarni keltirmagan. Kompaniyadan ta'kidlashlaricha, prototip «avval hech kim hech qayerda ko‘rmagan» ergonomika va interfeysga, shuningdek harakatlanuvchi grafikali yoritish tizimiga ega. Bu qurilmalar haqida batafsil ma'lumotlar hozircha yo‘q.

Kia elektr prototipining premerasi 8 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. U Las-Vegasdagi iste'mol elektronikasi (CES) ko‘rgazmasi doirasida o‘tkaziladi.

Foto: Kia 
Foto: Kia 
Foto: Kia 
Ko‘proq yangiliklar: