Venetoda yashovchi Almerina Maskarello bionik qo‘l protezi o‘rnatilgan birinchi italiyalik ayol bo‘ldi. ANSA agentligi shu haqida xabar berdi.
Ayol 1993 yilning iyul oyida qo‘lidan ayrilgandi, o‘shanda u fabrikda ishlaydigan kezlar edi, kutilmaganda uning qo‘li press ostida qolib ketdi.
Bionik protez Silvestro Miser rahbarligi ostidagi xalqaro olimlar jamoasi bionik protezni ishlab chiqardi. Iyun oyida neyrojarroh Paolo Mariya Rossini va uning hamkasblari operatsiya davomida Almiraga bionik qo‘lni implantatsiya qilishdi. O‘shandan buyon olti oy o‘tdi, shunday ekan, tajribani muvaffaqiyatli yakunlangan deb hisoblash mumkin.
Mazkur protez daniyalik Dennis Sorensenga implantatsiya qilingan modelning yaxshilangan versiyasi hisoblanadi. Bionik qo‘l harakatlanishi uchun zarur qurilma sumkaga sig‘adi, maxsus datchiklar esa haqiqiy qo‘lning taktil imkoniyatlarini imitatsiya qiladi va predmetlar sathining yumshoq yo qattiqligini farqlay oladi.