Apple'ning yangi byudjyet smartfoni qachon bozorga chiqishi ma'lum qilindi

Foto: AKKet
Yangi hamyonbop iPhone SE smartfoni 2018 yilning martida bozorga chiqadi. AKKet.com portali shu haqida xabar berdi.
4 dyuymli smartfon texnik xususiyatlari bilan ko‘proq iPhone 7'ga o‘xshab ketishi aytilmoqda.
Bu - to‘rt yadroli Apple A10 Fusion protsessori, 2 Gb operativ xotira, shuningdek turli modullar, datchiklar va sensorlar. Asosiy va frontal kameralar 12 va 5 Mp o‘lchamga ega. Shu bilan birga, yangi iPhone'da Home sensor tugmasi bo‘lishi kutilmoqda.
Apple kompaniyasi yanvar oyi oxirigacha iPhone SE'ni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Yangi smartfonlar Hindistonning Bangalorida joylashgan Wistron kompaniyasi zavodida yig‘iladi.
Mavzuga oid

11:39 / 19.03.2025
Germaniya sudi Apple ustidan monopoliyaga qarshi qat’iy nazoratga ruxsat berdi

16:59 / 15.03.2025
Apple super-premium iPhone 17 Ultra smartfonini chiqaradi

20:55 / 14.03.2025
Bloomberg: AirPods quloqchinlari suhbatni real vaqtda boshqa tilga tarjima qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi

17:03 / 11.03.2025