Financial Times O‘zbekistonni ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha yetakchilardan biri sifatida tan oldi

Foto: Fotolia
O‘zbekiston Financial Times’ning sobiq SSSR davlatlariga oid yangi reytingida ikkinchi pog‘onani band etdi, mamlakat muhiti 63,03lik umumiy natija fonida 23,59 bandga yaxshilandi.
Reytingning birinchi o‘rnidan Ukraina joy egalladi – 2010-2017 yillarda Ukraina reytingi 24,21 bandga oshdi, 39,69 dan 63,9 gacha.
Uchinchi pog‘onada Belarus. Rossiya, masalan, reytingning beshinchi o‘rnida qayd etildi. Bundan tashqari, ro‘yxatdan Qozog‘iston, Makedoniya, Polsha, Serbiya, Tojikiston, Moldova, Chexiya, Sloveniya kabi mamlakatlar joy oldi.
Biroq, Financial Times tadqiqotida ko‘rsatilishicha, Sharqiy Yevropa mamlakatlari va sobiq SSSR hududidagi davlatlar reytingda 2010 yildan beri past boshlang‘ich nuqta tufayli yetakchilik qilgan. Aynan shu nuqtadan hisob yuritiladi.
Mavzuga oid

16:36 / 24.01.2025
Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan dunyo oliygohlari ro‘yxati e’lon qilindi

17:16 / 23.01.2025
Qozog‘iston o‘rtacha maosh miqdori bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchi deb topildi

14:57 / 18.01.2025
Dunyodagi eng xavfsiz 5 ta avtomobil nomi e’lon qilindi

09:44 / 10.01.2025