1 yilgacha bo‘lgan avtomobillar uchun oshirilgan notarial boj bekor qilindi

O‘zbekiston 10:19 / 02.01.2018 115796

1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va import qilingan, foydalanish muddati ishlab chiqaruvchining rasmiy dilerlaridan xarid qilingan kundan boshlab bir yildan oshmagan yengil avtotransport vositalari bo‘yicha tegishli shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun bojni har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida undirish bo‘yicha talab bekor qilindi. Bu prezidentning 2017 yil 29 dekabrdagi 2018 yilgi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va davlat byudjyeti parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarori bilan nazarda tutilgan.

Bunga qadar notariuslar tomonidan mahalliy ishlab chiqarilgan va import qilingan, foydalanish muddati ishlab chiqaruvchi rasmiy dilerlaridan xarid qilingan kundan boshlab 1 yildan oshmagan yengil avtotransport vositalaridan foydalanish huquqini yoki oldi-sotdi shartnomasini, almashtirish, hadya qilish, renta, ijaraga olish, beg‘araz foydalanish, garovga qo‘yish yoki lizingi bo‘yicha tegishli shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun boj har bir ot kuchi uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida undirilar edi. Shu bilan birga, ko‘rsatilgan stavka avtomobillar bilan bir yil davomida qancha shartnoma imzolanganiga qaramay qo‘llanilgan.

Xarid qilingan kundan boshlab uch yildan oshmagan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish, hadya qilish bo‘yicha shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun amaldagi boj eng kam ish haqining 10 foizini, xorijda ishlab chiqarilgan avtotransport uchun – eng kam ish haqining 30 foizini, avtomobillardan ota-ona, turmush o‘rtog‘i va uning ota-onasi, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar hamda qarindoshlar tomonidan foydalanish huquqini tasdiqlaganlik uchun – eng kam ish haqining 1 barobari, boshqa shaxslar tomonidan foydalanish huquqi – eng kam ish haqining 5 barobari, boshqa shaxslar boshqaruvi huquqiga berish – eng kam ish haqining 10 barobarini tashkil etadi.

Hujjatning to‘liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: