Ringo Starrga ritsarlik unvoni berildi

Foto: Ringo Starr
Britaniyalik musiqachi, The Beatles sobiq barabanchisi Ringo Starr ritsarlik unvoniga loyiq topildi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda.
Starr ritsarlik unvonini musiqa va xayriya ishlariga qo‘shgan hissasi uchun oldi.
«Bu ajoyib! Men uchun bu katta faxr va quvonch, mening musiqam hamda xayriya sohasidagi ishlarim tan olinganidan boshim ko‘kka yetdi. Tinchlik va muhabbat. Ringo», - deyiladi musiqachining ritsarlik unvonini olganligi yuzasidan yuborgan telegrammasida.
Eslatib o‘tamiz, Starr The Beatles bo‘yicha sherigi Pol Makkartnidan 20 yil o‘tib ritsarlik unvoniga loyiq ko‘rildi.
Mavzuga oid

20:09 / 15.12.2021
Lyuis Hemiltonga ritsarlik unvoni berildi

17:15 / 31.12.2020
“Formula-1” poygachisi Lyuis Hemiltonga ritsarlik unvoni berildi

00:32 / 19.11.2020
Britaniyalik poygachi Lyuis Hemiltonga ritsar unvonini berish taklif qilindi

01:16 / 21.05.2020