Sankt-Peterburgdagi portlashda O‘zbekiston fuqarosi ham jabrlandi

O‘zbekiston 15:55 / 28.12.2017 27008

2017 yilning 27 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi «Perekrestok» savdo markazida mahalliy vaqt bilan soat 18:30 atrofida portlash sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash natijasida 13 kishi jabrlangan. 

Foto: Reuters

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan xabarga ko‘ra, ular orasida 1957 yil 10 iyunda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Ivrikul Izbekovich Alikulov bor. U “Aleksandrovskiy” nomli 17-sonli shahar kasalxonasiga yetkazilgan va unga shu yerda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Shifokorlar ma'lumotiga ko‘ra, I.Alikulovning ahvoli barqaror og‘ir, ammo hozirgi paytda uning hayotiga tahdid yo‘q.

TIV Konsullik boshqarmasi va O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi konsul xodimlari Sankt-Peterburg rasmiylari bilan aloqada bo‘lib, jabrlanganga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha choralar ko‘rayotgani aytiladi.

Ko‘proq yangiliklar: