Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotoreportaj: Imkoniyati cheklangan oilalarga Sergelidagi bepul yangi uylar topshirildi

Foto: Kun.uz
Bugun, 27 dekabr kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida nogiron, kam ta'minlangan oilalarga qurib bitkazilgan yangi ko‘p qavatli uy-joylarni topshirish marosimi o‘tkazildi. Kun.uz muxbiri tadbirda ishtirok etib, maxsus fotoreportaj tayyorladi.
Bugun jami 44 nafar kam ta'minlangan oilalarga yangi xonadon kalitlari ulashildi. Tantanali marosimda yangi uy sohiblariga dasturhon yozilib, osh tarqatildi. Shuningdek, Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov imkoniyati cheklangan fuqarolar va ularning oilalariga esdalik sovg‘alari ham topshirdi.

Toshkent shahri bo‘yicha bu yilda 108 nafar imkoniyati cheklangan, mehnatga layoqatsiz fuqarolardan 30 nafariga Prezident tomonidan yangi uylar uchun 989 133 million so‘m miqdoridagi boshlang‘ich mablag‘ to‘lab berildi. Yana qolgan fuqarolar bepul uylarga ega bo‘lishdi.
Dilorom Rahimjonova, Sergili tumani hokimi o‘rinbosari, tuman xotin-qizlar qo‘mitasi raisi:

"Ushbu tadbir nogiron insonlar uchun juda katta sovg‘a bo‘ldi. Bugun Toshkent shahri va qolgan 11 tumanda jamoatchilik ishchi guruhlari tomonidan o‘rganilgan va uy-joyga muhtojligi bo‘lgan oilalarning muammolari hal etildi. Ularga nafaqat uy kalitlari, balki maishiy ro‘zg‘orda kerak bo‘ladigan sovg‘alar ham topshirildi. Bayram dasturi esa ular uchun yangi yil arafasidagi unitilmas voqeaga aylandi".
Rustam Kalonov, Toshkent shahar "Nuroniy" jamg‘armasi kengashi raisi:
"Bir oy avval ko‘plab oilalarga qulay shart-sharoitga ega, arzon turar-joylar topshirilgan edi. Bugun esa Prezidentimiz topshirig‘i bilan nogiron, kam ta'minlangan oilalarga bepul xonadonlar kaliti hadya etildi. O‘tkazilayotgan bunday tadbirlar imkoniyati cheklangan insonlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada orttirib, olg‘a qadam tashlashiga dalda beradi. Avvallari ko‘p qarorlar qabul qilinar edi, biroq uni bajarishga kelganda boshlangan ishlar yarmida qolib ketardi. Bugun esa qattiq talab, mehr, e'tibor bilan barcha belgilangan rejalar amalga oshirilmoqda. Yillar davomida boshpanaga muhtoj bo‘lgan insonlarning orzulari ro‘yyobga chiqdi".
Tavsiya etamiz
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonda 2026 yildan AI-80dan to‘liq voz kechiladi: bozorda defitsit yuzaga kelmaydimi?
O‘zbekiston | 12:22
-
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00
-
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30
-
Uyda o‘tirib ham pul topish mumkin: imkoniyatlar ko‘p, faqat xohish kerak
Jamiyat | 11:09
Mavzuga oid

10:41 / 19.07.2025
Kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning savdoga chiqarilishi oldi olindi

23:10 / 28.06.2025
Toshkentning Sergeli tumanidagi to‘yxonada yong‘in chiqdi

11:30 / 25.06.2025
Sergelida ikkita avtomobil yonib ketdi

18:09 / 08.06.2025