Faqat sun'iy idrok uchun. LG yangi brendni tashkil etdi

Fan-texnika 15:45 / 21.12.2017 6763

LG Electronics kompaniyasi sun'iy idrok (SI) texnologiyasidan foydalangan holda 2018 yilda ishlab chiqariladigan barcha maishiy texnika, iste'mol elektronikasi va servislar uchun ThinQ brendi yaratilishi haqida e'lon qildi. ThinQ’ning barcha mahsulotlari va xizmatlari chuqur o‘rganish usullarini qo‘llash va turli SI-platformalar, jumladan, LG’ning DeepThinQ texnologiyasidan foydalanish orqali bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lishi mumkin.

LG birinchi marta sun'iy idrokka CES 2017 ko‘rgazmasida qiziqishini ko‘rsatib berdi va DeepThinQ texnologiyasini taqdim etdi hamda joriy yilda ishlab chiqarilayotgan premium-sinfdagi barcha qurilmalariga Wi-Fi orqali ulanish imkoniyatini qo‘shishga qaror qildi. Iyun oyida Seuldagi Bosh Texnik Ofis bazasida LG kompaniyasi sun'iy idrok laboratoriyasini ochdi, u SIni ovozli buyruqlar, tasvirlar va datchiklarni taniy oladigan, shuningdek ular yordamida boshqariladigan hamda o‘qitiladigan texnologiyalardan foydalanish orqali to‘plangan tadqiqotlarni uyg‘unlashtirish maqsadida tashkil etildi. LG’ning sun'iy idrok laboratoriyasi atrof-muhitni tahlil qiluvchi dunyodagi birinchi konditsionerni, shuningdek «aqlli» muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari va changyutkich-robotlarni ishlab chiqishda ishtirok etdi.

«ThinQ brendidan maqsad - LG intellektual texnikasi sizning hayotingizni yaxshiroq qilish maqsadida ishlashini ko‘rsatib berishdir, - deydi LG Xalqaro marketing markazi rahbari Xan Chan Xi (HanChang-hee). – Sun'iy         idrok – bu texnologiyalardagi keyingi bekat. Biz maishiy texnika hamda iste'mol elektronikasini ishlab chiqarishda yetakchi bo‘lganimiz holda, sun'iy idrokning qo‘llanilishi yanada kengroq tarqalishi va kamroq xavotirga sabab bo‘lishiga javobgarmiz».

9-12 yanvar kunlari CES ko‘rgazmasida LG pavilonining ThinQ zonasida 2018 yilda sun'iy idrok texnologiyalaridan foydalangan holda ishlab chiqariluvchi qurilmalarning keng assortimenti taqdim etiladi.

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: