Markaziy Osiyoning energoresurslarga boy davlatlari neftga bo‘lgan past narxlarga moslashish uchun hali ko‘p narsani qilishi lozim, jumladan yana raqobatbardosh bo‘lishlari uchun keng ko‘lamli islohotlarni o‘tkazishlari kerak, deya aytib o‘tdi Jahon bankining bosh iqtisodchisi Reuters’ga bergan intervyusida.
Agarda davlatlar buni amalga oshirmasa, bu hukmron elitalarga zarar yetkazishi hamda jiddiy siyosiy xatarlarni vujudga keltirishi mumkin, deya aytib o‘tdi Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy boshqarmasi bosh iqtisodchisi Gans Timmer.
«Aholi orasidagi norozilikni... jiddiy qabul qilish kerak. “Arab bahori” esingizdami? Yoki Yevropa va AQShdagi populizmchi? Markaziy Osiyoda ham shunga o‘xshash nimadir ro‘y berishi mumkin, bu o‘zgarishlar qilinmasa yuz berishi ehtimoli bor», - deya aytib o‘tdi u.
Garchi faqat Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston energiya resurslar eksportchilari bo‘lishsa ham, ikki boshqa mamlakat – Qirg‘iziston hamda Tojikiston – xomashyoni sotishdan qisman daromad oladi, bu asosan Rossiyada ishlayotgan o‘zlarining yuz minglab fuqarolari pul o‘tkazmalari hisobidan amalga oshiriladi.
Neft narxi tushib ketganidan so‘ng ushbu beshta davlat valyutasi dollarga nisbatan keskin pasaydi, ularning iqtisodiyoti o‘sishi esa ancha sekinlashdi.
«Markaziy Osiyo davlatlarining asosiy vazifasi – o‘z iqtisodiyotlari muvozanatini o‘zgartirish, neftga bo‘lgan past narxlardagi yangi iqtisodiy reallikka moslashish, bu holat 2014 yildan beri kuzatilmoqda», - deya aytib o‘tdi Timmer.
Markaziy Osiyoning 70 millionli aholisi duch kelayotgan boshqa muhim muammolar – Xitoy iqtisodiyotidagi o‘zgarishlar va global texnologik inqiloblardir, dedi u.
Timmer hozirgi vaziyatni 1990-yillar boshi bilan taqqosladi, o‘shanda sobiq SSSR respublikalari qashshoqlik va xaos girdobida qoldi hamda tez va bosim ostida islohotlar o‘tkazishga majbur bo‘lishdi.
«Mening fikrimcha, 1990-yillar boshidagi hodisalarning takrorlanishi bilan bog‘liq xatarlar bor va barcha ushbu tajribadan xulosa chiqarishi lozim, - dedi u. – O‘zgarishlarning yo‘qligi – juda katta xavf».
Traktorlar uchun Uber
Mintaqa iqtisodiyotlari neftga bo‘lgan yuqori narxlar sharoitida raqobatbardoshlikni yo‘qotishdi, bunda katta mablag‘lar ichki bozorga mahsulot ishlab chiqaruvchi sektorga yo‘naltirildi, xususan qurilish va ko‘chmas mulkka, deydi Timmer.
Bugun davlat moliyalari – Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘z xarajatlarini moliyalashtirish uchun kreditlar olmoqda – hamda yomon kreditlarga o‘ralashib qolgan moliyaviy sektor bilan bog‘liq jiddiy xatarlar bor.
Biroq islohotlarning mazmuni ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga aloqador bo‘lishi lozim.
«Yakuniy maqsad yangi ish o‘rinlari yaratiladigan muhit shakllantirilishi kerakligidadir», - deya aytib o‘tdi Timmer.
Mintaqa barcha imkoniyatlardan foydalanishi lozim, masalan, O‘zbekistonda o‘simlikshunoslik rivojlantirilishi kerak, bunda agrar soha vakillari kreditlardan foydalanish imkoni, teng sharoitlar hamda yangi texnologiyalarni joriy etishda yordam zarur bo‘ladi, deya aytib o‘tdi Timmer.
O‘zbekistonga, uning so‘zlariga ko‘ra, traktorlar va boshqa qishloq xo‘jalik texnikasini xuddi Uber’ga o‘xshash ijaraga berish tizimi foyda olib kelishi mumkin.
Xitoyning to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar eksportchisi va «Bir kamar – bir yo‘l» tashabbusi – mintaqa uchun yana bir imkoniyat, u mahalliy milliy valyutalar devalvatsiyasidan so‘ng XXRdan ham arzonroq ishchi kuchini taklif etishi mumkin.
O‘zgarishlarga tayyorlik
Xitoy mintaqa uchun siyosiy o‘zgarishlarga tayyorlik bo‘yicha yaxshi namuna bo‘lishi mumkin, mintaqada avtokratik hukumatlar hokimiyat tepasida va bu yerda shaxsiy manfaatlar aksariyat holatlarda o‘zgarishlarga xalaqit beradi, deydi Timmer.
U chuqur iqtisodiy tuzilmaviy islohotlarni siyosiy islohotlarsiz o‘tkazish imkoniyati haqidagi savolga javob berib, shunday dedi: «Hammasi amaldagi siyosiy kuchlar islohotlar qanchalik muhimligi va kerakligini tushunishiga bog‘liq».
Timmer o‘zining Xitoy hukumati bilan mamlakatni 2030 yilga qadar rivojlantirish dasturi ustidagi ish tajribasiga tayangan holda shuni aytdiki, «ular o‘z siyosatini qanchalik o‘zgartirishga tayyorliklari, ba'zida 180 darajaga aylantirib yuborishga rozi ekanliklarini ko‘rib» hayratga tushgan.
«Sizlarga ham shunday munosabat kerak», - deya aytib o‘tdi u.
Uning ta'kidlashicha, davlat hisobidan elitaga qarashli bo‘lgan kompaniyalarni qutqarish kabi qadamlardan qochish muhim, hamda pastki darajada qarorlar qabul qilish imkoniyatini ta'minlab berish juda dolzarbdir.
«Mintaqadagi barcha davlatlarda, Qirg‘iziston, ehtimol bunda istisnoga aylanishi mumkin, iqtisodiyotni «tepadan pastga» tartibga solish an'anasi bor. Biroq qisman «pastdan tepaga» yondashuvidan kelib chiqish eng yaxshi qarorga aylanadi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.