LG Electronics kompaniyasi Door-in-Door shisha eshikchali va ichki LED-yoritgichga ega muzlatgichlar qatorini taqdim etdi. Unga LG InstaView nomi berildi. LG’ning 2017 yildagi flagmani qanday o‘ziga xos jihatlarga ega? Bu haqda batafsil ma'lumot beramiz.
Sig‘im
Umumiy hajm 626 litrni tashkil etadi, muzlatgich o‘lchamlari - 179 x 91 x 74 sm, bu muzlatgich ichida katta miqdordagi mahsulotlarni joylashtirish, ularni o‘ziga ma'qul bo‘lgan tizim bo‘yicha ajratish imkonini beradi. Mahsulotlarni turiga qarab joylashtirish ham mumkin: sutli, go‘shtli, sabzavotlar, ichimliklar.
Shuningdek, Fresh Balancer oddiy sozlash funksiyasi orqali sabzavotlar va mevalar namligini optimal holda ushlab turish, «Fruits or Vegetables» ikki xil rejimini ishlatish mumkin. Bundan tashqari, Moist Balance Crisper tizimi mahsulotlar orasidagi namlikni bir tekisda taqsimlaydi, bu ularni uzoq vaqt davomida yangidek saqlash imkonini beradi hamda qutining maxsus ustki qopqog‘i yordamida amalga oshiriladi.
Quvvat
Insta View invertorli kompressor texnologiyasi bilan jihozlangan, u LG Electronics’dan bo‘lgan premium sinfidagi barcha muzlatgichlarga xos. Bu nimani anglatadi? Ichki ishqalanishning qisqarishi va energiya iste'moli darajasini taxminan 32 foizga kamaytirish. Bundan tashqari, invertorli kompressorga 10 yilga kafolat beriladi.
Mahsulotlar yangi holda saqlanishida Hygiene Fresh+ tizimi ham katta o‘rin tutadi. Bu havo filtratsiyasi tizimi bo‘lib, 4 ta filtrlovchi qatlamdan iborat va muzlatgichdagi havoni 99,9 foizga tozalaydi, mahsulotlar saqlash muddatini uzaytiradi.
Dizayn
Albatta, Insta View’ning eng ko‘zga tashlanuvchi elementi maxsus bo‘linma – eshikda eshik sanaladi, u shishadan tayyorlangan. Bu yerda iste'molchi muzlatgichdan eng ko‘p oladigan mahsulotlarni saqlashi mumkin. Ushbu yechim muzlatgichning asosiy kamerasi bekorga ochilmasligini anglatadi, bu esa ishlab chiqariluvchi sovuqning ko‘proq miqdorini tejaydi. Bundan tashqari, shishali eshikcha yuzasiga ikki marta taqillatsangiz, bo‘linma ichida LED-yoritgich avtomatik tarzda yoqiladi hamda siz muzlatgichni ochmay turib, ichkarida nimalar borligini ko‘rishingiz mumkin.
LG Insta View Doorin Door muzlatgichini "Next" SKMdagi LG’ning maxsus do‘konidan xarid qilishingiz va narxlari bilan tanishishingiz mumkin. Yoki quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling: 143-00-03 yoxud 237-11-00.
Shuningdek, "Next" SKMdagi LG’ning maxsus do‘konidan LG Insta View Doorin Door muzlatgichi va LG'dan boshqa texnikalarni xarid qilib, siz yangi yilga bag‘ishlangan mega-aksiya ishtirokchisiga aylanasiz.
Batafsil ma'lumot lgblog.uz saytida. Shuningdek, LG xaridorlariga servis bo‘yicha ma'lumotlar berish xizmatiga 0 800 120 2222 yagona raqami orqali qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin. O‘zbekiston aholisi uchun ushbu raqamga qo‘ng‘iroq bepuldir! Raqamni to‘la holda terish lozim.
Reklama huquqi asosida