Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Artyom Novikov O‘zbekistonga amalga oshirilgan tashrif yakunlari haqida ma'lumot berdi, deb yozmoqda qirg‘iz OAV.
«Moliyaviy hamkorlik haqidagi bitim shuni nazarda tutadiki, O‘zbekiston tomoni moliya-kredit muassasalari yo‘nalishi bo‘yicha Qirg‘iziston moliyaviy muassasalariga 100 million dollar ajratmoqda, ya'ni bu pullarning barchasi Qirg‘iziston Respublikasi tadbirkorlari tomonidan O‘zbekistonda tovarlar, xomashyo va boshqa ehtiyot qismlarni sotib olish uchun foydalanilishi mumkin», - deya xabar berdi Artyom Novikov jurnalistlarga.
«Ya'ni, shu tariqa, biz o‘zimizning korxonalarimiz moliyaviy-iqtisodiy salohiyatini O‘zbekiston Respublikasi bilan o‘zaro aloqalar uchun oshirmoqdamiz. Biroq, shu bilan birga, biz hozirda yana bir tashabbusni ishlab chiqmoqdamiz – Qirg‘iziston Respublikasi eksportini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha, hozirda Qirg‘izistonda ishga tushirilayotgan qo‘shma korxonalar va o‘zbekistonlik sheriklar bilan xomashyo, asbob-uskunalar yetkazib berish bo‘yicha ishlaydigan kompaniyalar Qirg‘iziston Respublikasi hududida mahsulotni qayta ishlashi va uni keyinchalik eksport qilish mumkin bo‘ladi, ya'ni bu sohada ham qirg‘izistonlik tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab turadigan moliyaviy mexanizm aniqlanadi», - deya aytib o‘tdi u.
100 million dollar tijorat banklari orqali realizatsiya qilinadi. Ikki mamlakatning moliya-kredit muassasalari o‘rtasida bu mablag‘larni yetkazib berish shartlari bo‘yicha alohida bitim imzolanadi, davlat bu mablag‘lar bo‘yicha hech qanday kafolatni bermaydi, deya xabar qilgan u.