Uy hayvonlarining yangi xavfi haqida ma'lum qilindi

Foto: Alan R Walker / Wikimedia
Amerikalik mutaxassislar Echinococcus multilocularis nomli parazit lentasimon gelmintlar tarqalayotganidan xavotirdalar. Ularning so‘zlariga ko‘ra, bu parazitni yuqtirish o‘lim holatiga sabab bo‘lishi mumkin. Ularning tashuvchilari odatda kemiruvchilar va boshqa yovvoyi hayvonlar hisoblanadi, biroq gelmintlar shuningdek it va mushuklarga o‘tishi va ular orqali odamlarga ham o‘tishi mumkin. ScienceAlert nashri shu haqida ma'lum qildi.
Manbaga ko‘ra, parazit vaqtida aniqlanib, zarar yetgan to‘qimalar jarrohlik yo‘li bilan olib tashlanmasa, 50-75 foiz holatlarda o‘limga olib keladi. Immun tizimi funksiyasida buzilishlar bo‘lgan odamlarda o‘lim holatlari bundan-da yuqori.
Mutaxassislar uy hayvonlarida aniqlangan Echinococcus multilocularis DNKni tahlil qilib, parazitlar Shveytsariya, Germaniya, Avstriya va Fransiyada yashagan lentasimon chuvalchanglar bilan bog‘liq bo‘lganini aniqlashdi. Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, gelmintlar Shimoliy Amerikaga Yevropadan kelgan it bilan kirgan. Oxir-oqibat Shimoliy Amerika jonivorlarida, shu jumladan tulkilar va koyotlarda ham gelmintlar aniqlandi.
Organizmiga parazit tushgan itlar qiyinchilik bilan davolanmoqda. Nashrda yozilishicha, Shveytsariya tadqiqotida ishtirok etgan parazit bilan kasallangan jonivorlarning deyarli yarmini uxlatib qo‘yishga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid

17:24 / 06.01.2025
Ayiq bilan kurashgan bokschi Shahram G‘iyosov jarimaga tortildi

22:32 / 02.12.2024
Olimlar dori vositalarini hayvonlarda sinashni to‘xtatishga xizmat qiladigan yangi usulni topdi

23:32 / 10.10.2024
Dunyoda oxirgi 50 yilda yovvoyi hayvonlar soni 73 foizga qisqarib ketgani ma’lum bo‘ldi

19:51 / 06.09.2024